U yomon odamga o‘xshamaydi – Makron Putin haqida

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvlari haqida fikr bildirdi. 

“Uni uchratganingizda, u yoqimsiz odamga o‘xshamaydi. Bu paradoks”, deydi Makron Fransiya telekanallaridan biriga bergan intervyusida. 

Uning fikricha, Putinning asl maqsadi “Rossiya imperiyasini qayta tiklash”. Biroq,  Makronning so‘zlariga ko‘ra, urushni oqlaydigan hech narsa yo‘q. 

Fransiya rahbari Rossiya qo‘shinlari Ukrainada mag‘lubiyat yoqasida turibdi, degan noto‘g‘ri fikrdan ogohlantirdi.  

“Rossiya qo‘shinlari ma’lum yo‘qotishlarga uchragan bo‘lsa-da, Ukraina qo‘shinlari bu urushda g‘alabaga yaqin kelmadi”, deydi Prezident.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Emmanuel Makron urushning dastlabki oylarida NATO va Putin o‘rtasida vositachi bo‘lishga harakat qildi. Keyinroq vaziyat o‘zgardi. Ayni vaqtda Putin Makronni do‘stlari qatoridan chiqargan. Rossiya rahbari Makronni Yangi yil bilan tabriklamadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing