U yaxshi, namunali qiz — O‘qituvchilar 15 yoshida farzand ko‘rgan o‘quvchining homiladorligini payqamagan

Jamiyat

image

Avvalroq, Jizzaxda 9-sinf o‘quvchisi, 15 yashar qiz ona bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. O‘qituvchilarning qayd etishicha, qiz to farzandini dunyoga keltirmagunga qadar o‘quvchilar va o‘qituvchilar uning homiladorligini payqagaman. Hatto, sentyabr oyida o‘tgan tibbiy ko‘riklarda ham qizning homiladorligi oshkor bo‘lmagan. 

“O‘quvchimiz tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan o‘quvchilardan biri. Sentyabr oyida tibbiy ko‘rik bo‘lib o‘tgan. Unda bunday alomatlar haqida hech narsa yozilmagan”, deydi maktab psixologi Dildora Nurmatova. 

Qayd etilishicha, qiz tug‘ruqqacha darslarni qoldirmagan. Maktab rahbariyatiga ko‘ra, u maktabning eng a’lochi, namunali o‘quvchilaridan bo‘lgan. 

“Ushbu o‘quvchi doimiy ravishda dars mashg‘ulotlariga qatnashgan. Birinchi chorakni hamma fanlardan a’lo baholarga yopgan. Barcha o‘quvchilarga namuna bo‘ladigan darajada yaxshi qiz edi. Oilaviy ahvoliga kelsak, tarbiyali xonadonning farzandi hisoblanib, otasi chet elda, onasi davlat ishida ishlaydi. O‘quvchi hech qachon maktabni besabab qoldirmagan. Maktabning tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ro‘yxati ichki nazoratida turmagan. Bu holat faqatgina zo‘ravonlik natijasi deb hisoblayman”, deydi maktab direktori o‘rinbosari Nigora Norpo‘latova. 

Qiz joriy yilning 14 noyabr kuni sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli onasi hamrohligida RSHTYOIMning Jizzax filialiga murojaat qiladi. 

RSHTYOIMning Jizzax filialida uning xomilador ekanligi ma’lum bo‘ladi. Unga Jizzax viloyati Perinatal markaziga yo‘llanma berilgan bo‘lib, u shu kuni 1-tug‘ruq bo‘limida 34 haftalik o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu holat yuzasidan joriy yilning 19 noyabr kuni Jizzax shahar IIO FMB qoshidagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing