U men uchun eng yaxshilaridan biri bo‘lgan – Ramos Messi haqida 

Sport

image

PSJ himoyachisi Serxio Ramos hujumchi Lionel Messi dunyodagi eng yaxshi futbolchi biri ekanligini aytib o‘tdi.

“Men uchun u har doim dunyodagi eng yaxshilaridan biri bo‘lgan, agar eng yaxshisi bo‘lmasa. Uning biz bilan ekanligi esa jamoaga ishonch beradi”, deydi Ramos.

Undan avval Patris Evra Messini yettinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani bilan tabriklagandi.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Ramos “Real” safida 2009 yildan 2018 yilga qadar Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda o‘ynagan va 4 marta UEFA Chempionlar ligasida zafar quchgan. Shuningdek “qaymoqranglilar” sobiq sardori “El klasiko”lar tarixida eng ko‘p qizil kartochka ko‘rsatilgan futbolchi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “France football” nashri tomonidan topshiriluvchi “Oltin to‘p” marosimi bugun 29 noyabrdan 30 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Messi PSJ Oltin to'p Ramos UEFA Chempionlar ligasi Jvra

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing