U xato qilganini tushundi – Lobo Messining ketishi haqida
Sport
−
08 yanvar 2022
7243“Barselona”ning sobiq futbolchisi Lobo Karrasko Lionel Messining PSJdagi o‘rni haqida gapirdi.
“Messi har doim “Barselona”dagi hayotni sog‘inadi. Agar u Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, yana bir yil qolishi kerak. Ammo PSJ bu turnirda g‘alaba qozona olmasa ketishi kerak. Masalaning sport tomoniga kelsak, Messi transferdan afsuslanmaydi, deb o‘ylayman. Ammo u shaxsiy nuqtayi nazardan xato qilganini tushundi”, deydi Karrasko.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazgan va 6 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
LiveBarchasi