Messi “Barselona” murabbiyi bo‘lish uchun nomzodini aytdi
Sport
−
30 yanvar
4677Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Xavi ketganidan keyin Ispaniyaning “Barselona” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda “Todofichajes” xabar berdi.
27 yanvar kuni Ispaniya chempionatining 22-turi doirasidagi o‘yinda “Barselona” o‘z maydonida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy berdi (3:5). Uchrashuvdan so‘ng “ko‘k-anorranglilar" rahbari Xavi mavsum yakunida jamoani tark etishini ma’lum qildi. 28 yanvar kuni “Barselona” prezidenti Joan Laporta Xavining tanlovini qabul qilganini aytdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning sobiq futbolchilari Lionel Messi va Xaver Maskeranolar shaxsan klub rahbariyatiga Skaloni nomzodiga e’tibor qaratishni maslahat bergan. Argentinalik mutaxassisning milliy terma jamoa bilan shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi.
Skaloni 45 yoshda va Argentina terma jamoasini 2018 yildan beri boshqarib kelmoqda. 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida mutaxassis terma jamoa bilan chempionlikka erishgan.
LiveBarchasi