Nihoyat “Barselona” Messisiz YeCHL nimchorak finaliga chiqishni uddaladi
Sport
−
29 noyabr 2023 3807 1 daqiqa
29 noyabrga o‘tar kechasi “Barselona” klubi so‘nggi uch yil ichida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
YeCHL guruh bosqichining 5-turi doirasidagi o‘yinda Ispaniyaning amaldagi chempioni “Portu”ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, kataloniyaliklar muddatidan avval Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo‘llanmani kafolatladi.
Kataloniya klubi argentinalik hujumchi Lionel Messi jamoadan ketganidan keyin birinchi marta musobaqada guruhdan chiqishni uddaladi. Messi ketgach, “ko‘k-anorranglilar” hali biror marta ko‘hna qit’aning eng nufuzli futbol turnirida guruhdan chiqa olmayotgandi. Bungacha ikki marta kataloniyaliklar turnirning guruh bosqichida 3-o‘rinni egalladi.
Ta’kidlash joiz, Messi 2021 yilda Fransiyaning PSJ klubiga o‘tgandi. Hozirda argentinalik yulduz Amerikaning “Inter Mayami” klubida o‘ynamoqda.
Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Barselona” mehmonda Belgiyaning “Antverpen” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025