U eng zo‘ri emas — “Ochko‘z Konor” qachon chempionlik jangida ishtirok etadi?

Sport

image

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Dastin Poreni mag‘lub etishni uddalasa, Charlz Oliveyraga qarshi chempionlik jangida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda tashkilot rahbari Dena Uayt ma’lum qildi.

“Konor — ajoyib raqib. U juda ko‘p pulga ega va endi tresh-tok qilish unga yarashmaydi. Ammo u kurashmoqchi. Agar oktagonda reytingning birinchi raqamli jangchisini mag‘lub etsa, nima uchun chempionlik jangida ishtirok etmasligi kerak? 

Konor avvalgidek cho‘qqiga qaytishni xohlaydi. Ehtimol, “Notorius” raqobatdan ko‘ra ko‘proq pulni yaxshi ko‘radi va jangdan so‘ng tonnalab pul ishlab oladi. 

Men Konor Makgregor kimligini yaxshi bilaman. Ha, u nihoyatda boy. Gap shundaki, Konor avvallari istalgan raqibga qarshi har yerda va xohlagan vaqtda kurashishga tayyor edi. Biroq, hozir u eng zo‘ri emas. 

Savol tug‘iladi: Konor aslida nimani istaydi va u qanchalik ochko‘z? Javobni UFC 264 turniridan so‘ng bilib olamiz”, deydi tashkilot prezidenti.

Ma’lumot o‘rnida, Konor Makgregor va Dastin Pore  o‘rtasidagi hal qiluvchi trilogiya jangi joriy yilning 11 iyul kuni tongda Las Vegasdagi “T-Mobile” arenada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Dastin Por'e UFC 264 Dena Uayt

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing