U-20 Jahon chempionatiga qaysi davlat mezbonlik qiladi?

Sport

image

FIFA prezidenti Janni Infantino Argentina Indoneziya o‘rniga 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘tkazish uchun rasmiy ariza topshirganini tasdiqladi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Infantino Paragvaydagi matbuot anjumanida kichik mundialni Argentinada o‘tkazilishiga sha’ma qilgan.

“Barchamiz Argentina futboli saviyasini bilamiz va, albatta, mamlakat bunday darajadagi turnirga mezbonlik qilishi mumkin”, deydi Infantino.

Qayd etilishicha, turnirni o‘tkazish istagini bildirgan boshqa davlatlar ham bor. Ammo nomzod sifatida, hukumat kafolati bilan Argentina birinchi o‘ringa chiqdi. Yaqin 2-3 kun ichida mazkur holat bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.

“Agar turnir haqiqatdan ham Argentinaga berilgan bo‘lsa, unda jamoa ishtirokchilar ro‘yxatida Indoneziya o‘rnini egallaydi, chunki Argentina Konmebol saralashi orqali Jahon chempionatiga chiqa olmadi”, deydi Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 mart kuni FIFA 2023 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini Indoneziyadan ko‘chirishga qaror qildi, chunki Indoneziyaning Bali gubernatori Vayan Koster Isroil termasini musobaqaga qo‘ymaslikka qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino U-20 Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing