U-20 O‘zbekiston JCH 1/8 finali oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi

Sport

image

Futbol bo‘yicha U-20 O‘zbekiston jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Gvatemalani mag‘lub etib, musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi. 

Jamoa sardori Umar Rahmonaliyev 1/8 final o‘yinida sheriklariga yordam bera olmaydi, chunki futbolchi 2-turda Yangi Zelandiya va 3-turda Gvatemala bilan bahslarda sariq kartochka oldi. Qoidalarga ko‘ra, 2 ta sariq kartochka olgan futbolchi 1 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Ravshan Haydarov shogirdlari ishtirokidagi pley-off o‘yini 31 mayga o‘tar kechasi tungi soat 02:00 da boshlanadi. O‘zbekiston jamoasiga kichik mundialning “S” guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa to‘qnash keladi. Hozircha ushbu guruhda Yaponiya 2-pog‘onani band etib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati U-20 O'zbekiston jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing