Luis de la Fuente mavsumning eng yaxşi murabbiyi deb topildi
Sport
−
02:31 323 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi boş murabbiyi Luis de la Fuente “France Football” jurnali tomonidan 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxşi murabbiyi deb e’tirof etildi. Taqdirlaş marosimi Londonda bölib ötmoqda.
Luis de la Fuente uşbu sovrinni qölga kiritiş uçun Mikel Arteta, Unai Emeri, Vensan Kompani va Luis Enrike nomzodlarini ortda qoldirdi.
Ötgan mavsumda de la Fuente boşçiligidagi Ispaniya terma jamoasi Jahon çempionatida öz tarixida ikkinçi bor ğoliblikni qölga kiritdi. Ispanlar bunga qadar 2010 yilda Visente del Boske qöl ostida ham jahon çempioni bölgan edi.
Şuningdek, Ispaniya terma jamoasi mağlubiyatsiz seriya borasida ham rekord örnatdi. Jamoa ketma-ket 42 ta uçraşuvda mağlubiyatga uçramadi.
Ma’lumot uçun, 65 yoşli Luis de la Fuente 2022 yildan buyon Ispaniya milliy terma jamoasiga boş murabbiylik qilib kelmoqda. Uning rahbarligida ispanlar 2024 yilda Yevropa çempionatida, 2023 yilda esa Millatlar ligasida ğolib çiqdi.
De la Fuente avvalroq Ispaniyaning turli yoş toifalaridagi terma jamoalarida ham işlagan. U 2015 yilda 19 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Yevropa çempionatida, 2019 yilda esa 21 yoşgaça bölganlar örtasidagi qit’a birinçiligida Ispaniyani çempionlikka olib kelgan.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr