U-20 Osiyo kubogida 3 nafar o‘zbekistonlik hakam ishlaydi

Sport

image

12 fevraldan 1 martga qadar Xitoy yashil maydonlarida mezbonlik qiladigan U-20 Osiyo kubogida 3 nafar o‘zbekistonlik hakam faoliyat olib boradi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turnirda Valentin Kovalenko instruktor, Asker Najafaliyev bosh hakam, Ruslan Serazitdinov yordamchi hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. “Oq bo‘rilar” turnirni “A” guruhida boshlaydi. Guruh bosqichida Farhod Nishonov shogirdlariga Saudiya Arabistoni, Tailand va mezbon Xitoy raqiblik qiladi. 

Qayd etish joiz, mazkur turnir Jahon chempionati yo‘llanmasini ham hal qiladi. Musobaqada yarim finalga chiqqan jamoalar keyingi yil Chilida o‘tadigan mundialga yo‘l oladi. O‘zbekiston Osiyo kubogining amaldagi g‘olibi sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Osiyo kubogi Asker Najafaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing