U-20 Osiyo chempionlari Rossiyaga imkoniyatni boy berdi
Sport
−
28 mart 2023
15088Bugun, 28 mart kuni Toshkent shahridagi “Jar” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya yoshlari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.
Mazkur bahsda U-20 O‘zbekiston jamoasining ba’zi yetakchi futbolchilari klub ixtiyorida bo‘lganligi uchun ishtirok etolmadi. Jumladan, jamoa sardori, “Rubin” klubi a’zosi Umarali Rahmonaliyev va “Paxtakor” a’zosi Abbosbek Fayzullayev jamoa qaydnomasiga kiritilmadi.
Qizg‘in ruhda kechgan bahsda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Rossiya jamoasi safida gollarga Ivan Zazvonkin va Pavel Meleshin mualliflik qildi.
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi U-20 O‘zbekiston jamoasi Toshkent shahrida may oyida Indoneziyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiradi.
LiveBarchasi