U hamon PSJda: Mbappening hafsalasi pir bo‘ldi

Sport

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

“Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, men katta klubda o‘ynayman. Ko‘pincha hafsalam pir bo‘lganini so‘rashadi. Ha, boshidan shunday bo‘lgan. Lekin men uchinchi divizion jamoasida emasman, to‘g‘rimi?” deydi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Kilian 2017 yildan beri jamoa safida o‘ynaydi. U “Monako”dan 180 million yevro yevaziga sotib olingan. 

Joriy yilning avgust oyida Mbappe “Real”ga o‘tishi mumkin edi, ammo parijliklar Madrid klubining taklifini qabul qilmadi. Futbolchi agar “qaymoqranglilar” transferni amalga oshirishni yana taklif qilsa, klubini o‘zgartirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazgan va 9 ta gol urib, 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya PSJ Mbappe Real Madrid Monako La liga

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing