Twitter logotipi kimoshdi savdosida sotildi

Olam

image

Ilon Mask ijtimoiy tarmoq kompaniyasini egallab, uni X brendiga aylantirgandan so‘ng, Twitter’ning sobiq San-Fransisko shtab-kvartirasidan olib tashlangan mashhur qush logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 000 dollarga sotildi. Bu haqda “Associeted Press” nashri xabar berdi.

Nodir va kolleksiya uchun mo‘ljallangan buyumlar bilan shug‘ullanuvchi “RR Auction” kompaniyasiga ko‘ra, og‘irligi 254 kilogramm va o‘lchami 3,7 x 2,7 metr bo‘lgan belgi 34 375 dollarga sotilgan. Xaridorning ismi oshkor qilinmagan.

Mask avvalroq ham Twitter’ga tegishli turli narsalarni sotuvga qo‘ygan edi. Ular orasida logotiplar, yodgorlik buyumlari, shuningdek, oshxona anjomlari va ofis mebellari kabi oddiyroq jihozlar bor edi.

Kimoshdi savdosida boshqa texnologiya tarixiga oid buyumlar ham katta miqdorda sotilgan. Jumladan:

  • Apple-1 kompyuteri (aksessuarlari bilan) — 375 000 dollar;
  • Stiv Jobs imzolagan 1976 yilgi Apple Computer Co. cheki — 112 054 dollar;
  • Dastlabki 4GB iPhone (qadoqlangan, ochilmagan) — 87 514 dollarga sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika avtomobillari auksion uyi Rockstar AQSH Prezidenti Donald Trampning mashinasini kimoshdi savdosiga qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Ilon Mask kimoshdi savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing