Twitter investori Maskni sudga berdi
Texnologiya
−
12 Oktabr 2022
4689SpaceX asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi aksiyalar narxlarini manipulyatsiya qilishda ayblanyapti. Milliarderni sudga bergan Twitter investori Juzeppe Pampena shunday da’vo bilan chiqdi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Juzeppe Pampenaning so‘zlariga ko‘ra, oktyabr oyi boshida Mask bilan Twitter'ni sotib olish va qayta ishga tushirishga kelishilgan. Ammo, keyinroq Mask ushbu bitimni to‘liq bekor qilishi haqida xabar bergan.
Qayd etilishicha, tadbirkorning Twitter haqidagi ayblovlari uning aksiyalari narxini pasaytirib, investorlarga zarar yetkazgan. Bu esa Maskning savdolashuv pozitsiyasi yaxshilanishiga sabab bo‘lgan.
Maskning "soxta harakatlari" Twitter aksiyalarining qiymatini sezilarli darajada pasaytirdi. Pasayish taxminan 7-8 foizni tashkil etadi. Investorlarning ishonchi komilki, milliarder shu yo‘l bilan bitimdan chiqish yoki bitimning bozor narxini 25 foizga, ya’ni 11 milliard dollarga kamaytirmoqchi bo‘lgan.
Mask Twitter kompaniyasi bilan shu yilning 25 aprelida Twitter'ni har bir aksiyani 54,20 dollarga yoki 44 milliard dollarga sotib olishni taklif qilgan. Bitim yil oxirigacha yopilishi kerak edi, ammo 9 iyul kuni tadbirkor uni rad etdi. 4 oktyabr kuni milliarder Twitter o‘rniga boshqa bir ijtimoiy tarmoq sotib olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.