To‘yxonadagi portlash qurbonlari soni 80 nafarga yetdi
Jamiyat
−
21 Avgust 2019 9032 1 daqiqa
Avvalroq, Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida to‘yxonada hudkush terrorchi o‘zini portlatgani haqida xabar bergan edik. Natijada 63 kishi halok bo‘lgandi.
Kobuldagi to‘yxonada yuz bergan portlash qurbonlari soni 80 nafarga yetdi. Bu haqda “Reuters” agentligi Afg‘oniston IIVga tayanib xabar berdi.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, 17 kishi olgan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan. 160 nafarga yaqin odam hamon shifoxonada va davolanyapti.
Eslatib o‘tamiz, mazkur portlash uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Live
BarchasiBayden va uning rafiqasi hujumga uchradi
11 Noyabr
Pashinyan Turkiyaga bordi
11 Noyabr