To‘yga Rayhonni olib kelaman deb 6500 dollarni “uxlatgan” aktyor kim edi?
Jamiyat
−
19 mart 2020
51830Jizzax shahri, “Ko‘tarma” MFYda istiqomat qiluvchi 1978 yilda tug‘ilgan ayol G.S. o‘z to‘yiga qo‘shiqchi Rayhonni olib kela olmagani yetmaganidek, firibgar aldoviga uchradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 1988 yil tug‘ilgan aktyor A.R. bilan uchrashadi. Aktyor ayol o‘tkazayotgan to‘yga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevani olib kelishga va’da beradi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ular poytaxtning “Kimyogar” mahallasi uchrashadi. Ayol aktyorga 6 400 AQSH dollari beradi, ammo uni qaytib ko‘rmaydi. Chunki A.R. bu pullarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuboradi.
“Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Toshkentga tramvay qaytadi.
13 mart
Trenddagilar
