To‘rt viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari ochiladi
Jamiyat
−
02 dekabr 2020 10559 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada ayrim davlat teatrlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra:
• Namangan va Sirdaryo viloyatlarida – qo‘g‘irchoq teatrlari;
• Navoiy va Toshkent viloyatlarida – qo‘g‘irchoq teatrlari va musiqali drama teatrlari faoliyati tashkil etiladi.
Qo‘g‘irchoq teatrlari va musiqali drama teatrlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “do‘stlar klublari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan:
• O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Qo‘g‘irchoq yasash texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishini ochish;
• qo‘g‘irchoq teatri rejissyorligi, aktyorligi va dramaturgiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil qilish;
• Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qo‘g‘irchoq teatri rassomi” ixtisosligi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishini ochish choralari ko‘riladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr