To‘rt viloyat va Toshkentda nikoh uylari tugatilishi mumkin
Jamiyat
−
11 iyun 2022
24352O‘zbekistonning to‘rt viloyati va poytaxt Toshkentda nikoh uylarini tugatish rejalashtirilyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida nazarda tutilgan.
Mazkur loyihada FHDYO bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tashkil etilishi va tugatilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi barcha nikoh uylari tugatilib, ulardagi shtat birliklari boshqa tuman (shahar) FHDYO bo‘limlariga o‘tkazilmoqda.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan FHDYO bo‘limlari tomonidan takroriy guvohnomalar berganlik uchun fuqarolarni gerb yig‘imidan ozod qilish belgilanmoqda.
Bundan tashqari, fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilganligini inobatga olib, FHDYO bo‘limlarining xodimlari sonini belgilash mezonlariga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Loyiha joriy yilning 25 iyuniga qadar muhokama qilinadi.
LiveBarchasi