To‘rt nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi doping sabab diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

To‘rt nafar O‘zbekistonlik paralimpiyachilar doping qo‘llagani ma’lum bo‘ldi va ular to‘rt yil muddatga musobaqalardan chetlatilib, sovrinlardan mahrum qilindi. Bu haqda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Ismira Islomova va Shahzoda Mamadaliyevaning (pauerlifting) 2018 yil Fransiyadagi doping-testlari ijobiy chiqqan. Sportchilar 4 yilga (2018 yil 31 avgustdan 2022 yil 30 avgustgacha) diskvalifikatsiya qilindi. Ularning 2018 yil maydan boshlab ko‘rsatgan natijalari bekor qilindi.

Bundan tashqari, Muslima Nuriddinova (pauerlifting) Xitoy va Yaponiyadagi musobaqalarda taqiqlangan preparatlar iste’mol qilgani aniqlangan. U 2018 yil 30 noyabrdan 2022 yil 29 noyabrgacha diskvalifikatsiya qilindi. U qo‘lga kiritgan medal va yoshlar o‘rtasida o‘rnatgan rekord bekor qilindi.

Paraatlet Kamolaxon Abdullayeva 2018 yildagi Paraosiyo o‘yinlarida doping qo‘llashda ayblandi. Sportchi 2019 yil 11 fevraldan 2023 yil 10 fevralgacha diskvalifikatsiya qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

doping Paralimpiya

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing