To‘rt nafar “o‘ljasi”ni fohishalikka jo‘natayotgan ikki shaxs ushlandi
Jamiyat
−
18 fevral 2020
9018Namangan xalqaro aeroportida 4 nafar ayol-qizlarni fohishalik qilish uchun Moskvaga olib ketayotgan ikki ayol ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zini “Dilafruz” va “Umida” deb tanishtirgan ayollar 19-25 yosh oralig‘idagi turli viloyatlardan bo‘lgan 4 nafar ayol-qizlarni, Namangan xalqaro aeroportidan “Namangan-Moskva” aviareysi orqali Moskva shahriga olib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, ular 4 nafar ayol-qizga Moskvada yaxshi maosh to‘lanadigan ish topib berishni va’da qilib, hatto yo‘l xarajatlarini o‘z hisobidan qoplagan holda, olib ketishni aytib, ularni fohishalik bilan shug‘ullantirishni maqsad qilgan,
Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlariga Nurafshon shahrida o‘zini “Dilafruz” va “Umida” (shartli ismlari) deb tanishtiruvchi shaxslar, qizlarni yaxshi daromad orttirish bilan qiziqtirib aldov yo‘li bilan, Rossiya Federatsiyasiga olib ketishni rejalashtiri ma’lum bo‘ladi.
O‘tkazilgan surishtiruv davomida o‘zini “Dilafruz” deb tanishtirgan shaxs – Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 1981 yilda R.M., sherigi “Umida” – Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan U.N. ekanligi aniqlanadi.
Shuningdek, tadbir davomida U.N. o‘zi ishlab kelayotgan ayollar go‘zallik saloniga kelgan yosh va ko‘rinishi chiroyli qizlarni yaxshi daromad orttirish bilan qiziqtirib, R.M. bilan tanishtirib kelganligi va buning evaziga undan o‘z ulushini olib kelganligi, R.M. esa 2019 yildan buyon Moskva shahrida olib borilgan qizlarga, internet ijtimoiy tarmoqlari orqali jinsiy aloqa qilishlari uchun mijoz topish bilan shug‘ullanib, moddiy daromad orttirib kelayotganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi