Turkmanistonliklarga O‘zbekiston orqali Rossiyaga borish taqiqlanmoqda

Olam

image

Turkman chegarachilari qo‘shni respublika orqali Rossiyaga ketmoqchi bo‘layotgan turkmanistonliklarni O‘zbekistonga o‘tkazmayapti. Chegaradan o‘tkazish rad etilgani sabablari tushuntirilmagan, deb yozadi "Turkmen.news" nashri.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan "Toshhovuz" nazorat-o‘tkazish punktida chegarachilar yurtdoshlarining ketish maqsadi va Rossiyaga vizasi bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida batafsil so‘roq qilishmoqda. Masalan, Turkmaniston fuqarolarining bir qismi Urganch aeroportidan Moskvaga uchadigan chiptalarni Ashxoboddan uchish narxidan bir necha yuz dollarga arzonga sotib olgan. Hattoki, ushbu yo‘lovchilar ham ortga qaytarilmoqda.

"Turkmen.news"ning tasdiqlanmagan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiyaga borishda qiyinchiliklar mavjud. Bu asosan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklarga tegishli. Nashr manbalariga ko‘ra, bunga ikkita sabab bo‘lishi mumkin: Turkmaniston rasmiylarining mehnat muhojirlari oqimini to‘xtatishga urinishi va ularning yollangan holda Rossiya armiyasi tarkibida Ukraina hududiga jo‘natilishiga qarshi kurash.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 22 mart kuni Moskvadagi "Krokus" konsert zalida sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng, Rossiya hukumati migratsiya siyosatini keskinlashtirgani sababli turkmanistonliklarning Rossiyaga borishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing