Turkmanistonda YTH oqibatida 30 dan ortiq harbiylar vafot etdi
Olam
−
22 iyul 2021
19541Joriy yilning 18 iyul kuni tushdan so‘ng, Turkmanistonning Bekrevin xiyobonida yirik baxtsiz hodisa yuz berdi. “Xalq xotirasi” yodgorlik majmuasidan qaytayotgan askarlar kolonnasi avtohalokatga uchradi. Bu haqda “Asiaplus” xabar berdi.
Qayd etilishicha, askarlar o‘tirgan 10 ta KamAZ yuk avtomobili yodgorlik majmuasi joylashgan tepalikdan tushayotgan bo‘lgan. Kutilmaganda sakkizinchi avtomobil haydovchisi, ehtimol, tormoz nosozligi sababli boshqaruvni yo‘qotgan. Bu esa sakkizinchi KamAZning oldinda ketayotgan avtomobilga katta tezlik bilan kelib urilishiga olib kelgan.
Xabarga ko‘ra, KamAZ yuk avtomobili ag‘darilib ketgan. YTH oqibatida har ikki avtomobildan jami 30 dan ortiq odam halok bo‘lgan. 20 dan ortiq kishi esa og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
LiveBarchasi