Maxsus tashkil etilgan inspeksiya xodimlari 60 foizgacha ustama oladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 12 iyul kuni Hukumat qarori bilan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan edi.

Shuningdek, Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Nizomga muvofiq, Inspeksiya xodimlariga quyidagi miqdordagi oylik ustamalar belgilanadi:

•    lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama;
•    uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga 10 foizdan 60 foizgacha ustama.

Shuningdek, xodimlarga bir qator rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlar to‘lanadi.

Jumladan, yilda 1 marta moddiy yordam, shaxsiy ustamalar, bayramlar uchun mukofotlar, ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun to‘lovlar va boshqalar.

Bundan tashqari xodimning asoslangan arizasiga ko‘ra quyidagi hollarda qo‘shimcha tarzda xodim lavozim maoshining 3 baravari miqdorigacha moddiy yordam ko‘rsatilishi mumkin:

•    yaqin qarindoshlari vafot etganda;
•    alohida ehtiyoj tug‘ilganda (baxtsiz hodisa, to‘y, uzoq muddatli kasallik sababli davolanish va boshqalar uchun).


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing