Turkmanistonda mamlakat tarixidagi birinchi g‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi (foto+video)

Olam

image

Joriy yilning 9 may kuni Turkmaniston poytaxtida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Xroniki Turkmenistana" nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kun avvalida Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov, hukumat a’zolari, faxriylar va diplomatlar Abadiy olovga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng, Turkmaniston rahbari va Ashxobodga kelgan Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksandr Fomin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Fomin Berdimuhamedovga Prezidentning bobosi Berdimuhamed Annayev jang qilgan 2-Ukraina fronti 206-piyoda diviziyasi 748-piyoda polkining jangovar bayrog‘ini topshirdi.

Kechqurun "Xalq xotirasi" yodgorlik majmuasida Ikkinchi Jahon urushidan qurol-aslahalar namoyish etilgan harbiy parad bo‘lib o‘tdi.

"Turkmaniston minglab jasur o‘g‘il va qizlarini Vatan ozodligi uchun qonli jangga yuborib, frontga zarur mahsulotlar ishlab chiqargan holda g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi", deydi Berdimuhamedov.

U Turkmanistondan kelgan 70 mingdan ortiq jangchi orden va medallar bilan taqdirlanganligini, ulardan 104 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lganini va 15 kishi "Shon-sharaf" ordeni egalariga aylanganini esladi.

Nashrning ta’kidlashicha, bu G‘alaba kuni sharafiga Turkmaniston tarixidagi birinchi harbiy parad. Ilgari paradlar faqat Mustaqillik kunida o‘tkazilgan. Bundan tashqari, 2018 yildan boshlab mamlakatda 9 may dam olish kuni emas.

Rossiya diplomati Yevgeniy Beloglazovning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston ulkan insoniy va moddiy resurslarni safarbar etish orqali G‘alabaga katta hissa qo‘shgan.

"Tasavvurni hayratga soladigan faktlar mavjud: urush yillarida turkman ayollari mudofaa fondiga qariyb 7,5 tonna oltin va kumush zargarlik buyumlarini xayriya qildilar, bu butun mamlakat bo‘ylab yig‘ilgan barcha qimmatbaho metallarning 80 foizini tashkil etdi. 1 million 250 ming kishi urushga yuborilgan. Bu aqlga sig‘maydigan haqiqat, juda ko‘p narsaga arziydi ", deydi diplomat.

 

Turkmaniston rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan. Bu borada o‘zini izolyatsiya qilishning yo‘qligi tantanali tadbirlarni cheklovlarsiz o‘tkazishga imkon beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi Turkmaniston Parad

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing