Turkmanistonda 8 mart munosabati bilan barcha ayollarga pul beriladi
Olam
−
25 fevral 11447 1 daqiqa
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakatdagi ayollarga 60 manat (220 ming 549 so‘m) pul berishni buyurdi. Bu haqda “Turkmenistan Today ” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, pullar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarning ayol xodimlari, nafaqaxo‘rlar, talabalar, o‘quvchi qizlar va hatto bog‘cha o‘quvchilariga ham beriladi. Ushbu pul miqdori 1 martdan 6 martgacha taqsimlanishi ko‘zda tutilgan.
“Davlatimiz rahbarining farmonida bunday sovg‘alar xotin-qizlarning xizmatlarini e’tirof etish, ona va opa-singillarni e’zozlash an’analarining davomi ekani ta’kidlangan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq o‘zbekistonliklar 8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan 3 kun dam olishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi