Paxtaga safarbarlik e’lon qilingan, harbiylar ham dalada
Olam
−
10 Sentabr 2019
107438-9 sentyabr kunlari Turkmanistonning Mari viloyatidan Axal viloyatiga paxta terimiga bir yarim mingga yaqin harbiy xizmatchi yuborildi. Shu kunlarda Mari-Ashxobod yo‘lovchi poyezdlari uchun chiptalar sotilmayapti, deya xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.
Turkmanistonda 1 sentyabrdan Ashxabod va uning atrofidagi qismlarning harbiy xizmatchilari paxta dalalariga jo‘natilgan. Mari viloyatidan kommunal xizmat xodimlari, shu jumladan haydovchilar ham paxta yig‘im-terimi uchun Axal viloyatiga borishi haqida ogohlantirilgan. Bu yil Mari viloyatining dalalarida paxtaning katta qismi zararlangan. Axal viloyatida ham paxta hosili yaxshi emas.
Byudjet muassasalari xodimlarining ta’kidlashicha, ular kuniga 1-2 kilogramm "oq oltin" yig‘ib olmoqda. Xususan, Yoloten tumanida paxta hali to‘liq ochilmagan. Ko‘pgina maydonlarda barglar jigarrang bo‘lib, bu ko‘plab zararkunandalar mavjudligidan dalolat beradi. Byudjet tashkilotlari xodimlari paxta terimiga boshqa odamni yuborishi mumkin. Yollanma ishchining narxi kuniga 20 manat.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15