Turkmaniston JSTga kirish uchun ariza topshirdi

Olam

image

Turkmaniston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish uchun ariza berdi. Bu haqda JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala ma’lum qilgan.  

Ta’kidlanishicha, JST bosh direktoriga yo‘llangan ariza Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov tomonidan imzolangan. Uni Turkmanistonning Birlashgan millatlar tashkiloti Jeneva bo‘limidagi doimiy vakili Atageldi Haljanov taqdim etgan. 

Ariza JSTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilar tomonidan joriy yil 30 noyabrdan 3 dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadigan 12-Vazirlar konferensiyasida ko‘rib chiqiladi. Ushbu konferensiya so‘nggi to‘rt yil ichida birinchi marta o‘tkazilmoqda. Konferensiyaning yalpi majlisida Turkmaniston Moliya va iqtisodiyot vaziri Muhammetgeldi Serdarov so‘zga chiqishi rejalashtirilgan. 

2020 yil iyul oyida Turkmanistonga JSTda kuzatuvchi maqomi berilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Jahon savdo tashkiloti 1995 yilda tashkil topgan. JSTning maqsadi — qoidalarga asoslangan tizim doirasida savdoni tartibga solishga yordam berish, shuningdek hukumatlar o‘rtasidagi savdo kelishmovchiliklarini ob’ektiv hal qilish va savdo muzokaralarini tashkil etish. Ushbu faoliyat JSTning 60 ta kelishuviga asoslanadi. Hozirgi vaqtda JSTga 164 davlat, ikkita qaram hudud (Gonkong va Makao) va Yevropa Ittifoqi kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston JST

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing