Turkmaniston Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun ariza berdi
Olam
−
16 may 2020
7551Turkmaniston Jahon Savdo Tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qatnashish uchun murojaat qildi. Tegishli farmonni mamlakat Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov imzolagan. Bu haqda Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlikning qayd etishicha, hukumatning navbatdagi yig‘ilishida Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov “Turkmanistonning Jahon savdo tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishi to‘g‘risida“ farmonni imzolagan. Shunday qilib, davlat rahbari maxsus hukumat komissiyasining Turkmanistonning JSTga a’zoligi to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi.
Ushbu hujjatga muvofiq, Turkmaniston tomoni JST bosh direktori Robert Azeved nomidan tashkilotga kuzatuvchi sifatida kirish uchun ariza yubordi.
“JSTga a’zo bo‘lish tartibiga binoan Turkmanistonni tashkilotga kuzatuvchi sifatida qabul qilish masalasi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan JST bosh kengashining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi“, deyiladi Turkmaniston TIV xabarida.
Birinchi marta Turkmanistonning JSTga kirish masalasi bundan 9 yil oldin Yevropa Komissiyasining o‘sha paytdagi rahbari Joze-Manuyel Barrozo tomonidan ko‘tarilgan edi. 2011 yilda Ashxobodga tashrifi chog‘ida u Gurbanguli Berdimuhamedovni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza berishini taklif qilgan.
LiveBarchasi