Turkmaniston O‘zbekistonga bepul gaz beradi
Jamiyat
−
04 fevral 2023 35929 1 daqiqa
Turkmaniston O‘zbekistonga do‘stona va birodarlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bepul suyultirilgan gaz beradi. Bu haqda Turkmaniston prezidentining farmoni imzolandi.
Farmonda qayd etilishicha, “Turkmangaz” davlat konserni tegishli hajmdagi suyultirilgan gazni O‘zbekistonga o‘tkazish topshirilgan. Xabarda aynan qancha hajmda gaz o‘tkazilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston joriy yilning 12 yanvaridan boshlab O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatib qo‘ygan edi. Oradan salkam ikki hafta o‘tib, 21 yanvardan qayta gaz eksporti tiklandi.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr