Turkmaniston Rossiyani Xitoy bilan bog‘lashdan bosh tortdi
Olam
−
14 avgust 2023
13311Xitoyga yirik hajmdagi gaz yetkazib beruvchi Turkmaniston Rossiyani Turkmaniston-Xitoy gaz quvuriga ulashni rejalashtirmayapti. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vaziriligi (TIV) xabar berdi.
Aytilishicha, Rossiya Federatsiyasi Qozog‘iston va O‘zbekistonga taklif qilgan “gaz ittifoqi”ni kengaytirish haqidagi bayonotlari Turkmaniston manfaatlariga ziddir.
Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Xitoy uzoq vaqtdan beri Markaziy Osiyodan Xitoy Xalq Respublikasiga tabiiy gazni tashish bo‘yicha aniq kelishilgan hajmlar, shartlar, iqtisodiy va texnik parametrlar asosida hamkorlik qilib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda Turkmaniston-Xitoy gaz quvurining uchta tarmog‘i mavjud bo‘lib, ular orqali mamlakat sharqi va janubi-sharqidagi Turkman konlaridan gaz yetkazib beriladi. Har uchala liniya, ishlab chiqarish quvvatlari faqat Turkmaniston va Xitoy tomonlari – mos ravishda “Turkmangaz” davlat konserni va Xitoyning CNPC neft-gaz kompaniyasi tomonidan birgalikda qurilgan.
“Bugun Turkmaniston ushbu quvur orqali eng yirik gaz yetkazib beruvchi hisoblanadi: yiliga kelishilgan 55 milliard kub metr gaz yetkazib berish hajmining 40 milliard kub metrini Turkmaniston, qolganini esa O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’minlaydi. Quvurni to‘ldirish uchun boshqa mamlakatlarda gaz manbalari yo‘q va Xitoyga yetkazib beriladigan gaz hajmini taqsimlashning mavjud sxemasi Turkmaniston-Xitoy gaz quvuri loyihasi ishtirokchilari sonini kengaytirish rejalarini o‘z ichiga olmaydi”, dedi Turkmaniston TIV.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Yevropa Ittifoqiga turkman gazini yetkazib berish rejalashtirilgan Transkaspiy gaz quvuri loyihasi bo‘yicha yevropalik sheriklar bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
LiveBarchasi