Turkmaniston Afg‘oniston bilan chegaraga harbiy qo‘shin va texnikalarini joylashtirmoqda

Olam

image

Kecha, 9 iyul kuni “Tolibon” harakati Turkmaniston bilan chegaradagi Turg‘undi shahrini egallab oldi. Shahar uchun jang paytida tomonlar minomyot va granatalardan foydalangan. Snaryadlarning bir qismi Turkmaniston hududiga o‘tgan. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda Turkmaniston Milliy xavfsizlik vazirligi vakillari Turg‘undini egallagan “Tolibon” bilan muzokaralar olib bormoqda. Chegaradan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan Turkmanistonning Serhetabat shahriga Kaaxk, Tejen va Taxtabozardan bo‘linmalar, shuningdek, zirhli transportyorlar va artilleriya ko‘chirilmoqda.

Chegara qo‘shinlari va Milliy xavfsizlik vazirligining Ashxaboddagi markaziy shifoxonasi yaradorlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda. Ayni paytda jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning Eron va Turkmaniston bilan chegarasidagi nazorat punktlarini egalladi. Avval xabar berganimizdek, Afg‘oniston shimoli-g‘arbiy qismidagi Badg‘is viloyatining barcha tumanlari “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov esa Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazib, unda Berdimuhamedov va harbiy idoralar rahbarlari qo‘shni Afg‘onistondagi beqaror vaziyatni muhokama qilib, ikki mamlakat chegarasida turkman qo‘shinlarining harbiy safarbarligini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing