Turkmaniston 7 yil deganda JST kuzatuvchisi bo‘ldi

Olam

image

Turkmaniston Jahon savdo tashkilotining kuzatuvchisi maqomini qo‘lga kiritdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi.

“2020 yil 22 iyulda Jahon savdo tashkilotining Jenevadagi bosh qarorgohida JST Yuqori kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkmanistonning tashkilotga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishi bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi”, deyiladi Turkmaniston TIV xabarida.

Majlisda Ashxabod tomonidan Turkmanistonning BMTdagi doimiy vakili Atageldi Xoljonov, hamda onlayn rejimda Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi, savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar, moliya va iqtisodiyot vazirliklari vakillari ishtirok etdi.

"JST Oliy kengashida ishtirokchi davlatlar muhokamasidan keyin Turkmanistonga bir ovozdan kuzatuvchi maqomini berishga qaror qilindi», deyiladi xabarda.

Hozirda JSTga 164 mamlakat a’zo hisoblanadi. 24 ta mamlakat tashkilot faoliyatida kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda, Turkmaniston yigirma beshinchi kuzatuvchi mamlakat bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonning JSTga qo‘shilishi masalasi 2011 yil yanvarda ko‘tarilgandi. Yevropa komissiyasining o‘sha vaqtdagi rahbari Joze-Manuel Barrozu Gurbanguli Berdimuhamedovga tashkilotga a’zolik uchun ariza topshirishni taklif qilgandi. 2013 yilda mamlakat JSTga a’zolik uchun harakat boshlagan.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishni maqsad qilgan.Hozirda O‘zbekiston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston JST

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing