Turkiylarning hamjihatligi strategik zaruratga aylandi – Erdöğan

Olam

−

image
image

Jahon siyosati tub özgarişlarni boşidan keçirayotgan bir davrda turkiy davlatlarning hamjihatligi strategik zaruratga aylandi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Turkiy davlatlar taşkilotining joriy yil 30-31 oktyabr kuni Anqarada bölib ötadigan sammiti oldidan qilgan nutqida gapirdi.

“Turkiy dunyoning birligi – umumiy tariximiz orqali bizgaça yetib kelgan teran ildizli meros hamda muştarak kelajagimizni birgalikda bunyod etişga bölgan qat’iy irodamizning eng yorqin ifodasidir. Asrlar davomida turli mintaqalarda ne-ne sinovlarni boşidan keçirgan qardoş xalqlarimizni bir-biriga boğlab kelgan köngil köpriklari bugun Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi siyosiy, insoniy, iqtisodiy va madaniy hamjihatligimizning mustahkam poydevorini taşkil etmoqda. Turkiy dunyoning ulkan salohiyatini umumiy maqsadlar yölida safarbar etiş, birligimizni aniq yutuqlar bilan mustahkamlaş va kelgusi avlodlarga yanada qudratli turkiy dunyoni meros qoldiriş – barçamizning tarixiy mas’uliyatimizdir”, deydi Turkiya Prezidenti.

Erdöğan Anqarada “Turkiy dunyo asri: tilda, fikrda, işda birlik” mavzusida ötkaziladigan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitini ana şu muştarak iroda yanada mustahkamlanadigan muhim uçraşuv deb bilişini qayd etgan. Erdöğanning aytişiça, u sammitda “Jon Ozarbayjon”dan qabul qilib oladigan davriy raislikni turkiy dunyoning umumiy maqsadlariga erişişi va taşkilotning tuzilmaviy salohiyatini oşiriş nuqtai nazaridan tarixiy mas’uliyat deb biladi.

“Ismoil Ğaspirali bizga meros qoldirgan birlik ğoyasi bugun Turkiy davlatlar taşkiloti faoliyatiga yönaliş berib kelayotgan ilhom manbaidir. Naxçivonda qöyilgan poydevor ustida yuksalayotgan Taşkilotimiz umumiy tarix va madaniyatimizdan olgan kuç bilan kundan kunga yanada samarali tuzilmaga aylanmoqda. Endilikda qardoşligimizni kelgusi avlodlarga yetkazadigan kuçli muassasalar bilan mustahkamlaş, muştarak irodamizni loyihalar orqali barqaror yutuqlarga aylantiriş vaqti keldi”, deydi Turkiya yetakçisi.

Uning bildirişiça, jahon siyosati tub özgarişlarni boşidan keçirayotgan bir davrda turkiy davlatlarning hamjihatligi strategik zaruratga aylangan. Xalqaro tizim adolat va işonçni qaror toptirişda qiynalayotgan, uruşlar va inqirozlar keng hududlarga ta’sir körsatayotgan bir paytda bu hamjihatlik alohida ahamiyat kasb etmoqda. Muştarak iroda atrofida jipslaşgan turkiy davlatlar eng oğir sinovlarni yengib ötiş va öz kelajagini belgilaş qudratiga ega. Turkiy dunyo birligining asosi – har bir qardoş mamlakatning suvereniteti, mustaqilligi va milliy irodasiga bölgan hurmatdir. Bu birlik umumiy qadriyatlar bilan bir qatorda özaro işonç va manfaatlarga tayanib yuksaladi.

“Turkiy dunyoning iqtisodiy birlaşuvi Taşkilotimiz kelgusi davrda alohida e’tibor qaratişı lozim bölgan ustuvor yönalişlarning eng muhimlaridan biridir. Bu jihatdan Kaspiy dengizi orqali ötuvçi Şarq–Ğarb Örta koridori tarixiy imkoniyat yaratmoqda. Osiyo va Yevropa örtasidagi savdo aloqalari qayta şakllanayotgan bugungi kunda turkiy dunyo hududi global transport va logistika tarmoqlarining muhim markazlaridan biriga aylaniş imkoniyatiga ega. Biz temir yöllarimizni, portlarimizni, avtomobil yöllari aloqalarini va bojxona tizimlarimizni bir-birini töldiruvçi yaxlit bir tizim sifatida rivojlantirmoqdamiz. Kaspiy dengizining ikki sohilini bir-biriga boğlaydigan har bir sarmoya, qardoş mamlakatlarimiz örtasidagi savdoni kengaytiradi va umumiy farovonligimizga hissa qöşadi”, deydi Rajab Toyib Erdöğan.

Turkiya Prezidentiga köra, şu maqsadda “Turkiy investitsiya jamğarmasi”dan yanada samarali foydalaniladi, mamlakatlar örtasidagi savdo yölidagi tösiqlar birgalikda bartaraf etiladi, işlab çiqariş va investitsiya sohalarida mamlakatlar bir-birining salohiyatini yanada mustahkamlaydi. 

“Energiya manbalarimiz, qayta tiklanuvçi energiya salohiyatimiz va aloqa infratuzilmamizdan muştarak maqsadlar yölida eng samarali tarzda foydalanamiz. Turkiy dunyoning turli hududlaridagi imkoniyatlarni yagona yönalişda safarbar etib, işlab çiqariş, savdo va texnologiya sohalarida qölga kiritgan yutuqlarimizni birgalikda yanada köpaytiramiz”, deydi Erdöğan.

Uning qayd etişiça, iqtisodiy sohada qaror toptirgan bu hamjihatlik xavfsizlik sohasida ham qat’iyat bilan davom ettirilmoqda. Terrorizm, çegaraorti jinoyatlar, kibertahdidlar va tabiiy ofatlar qarşisida imkoniyatlarni birlaştirib, birgalikda harakat qiliş salohiyati rivojlantiriladi. Mudofaa sanoatida tajribalarni özaro örtoqlaşgan holda, mahalliy va milliy texnologiyalarni rivojlantirib, muştarak işlab çiqariş quvvati oşiriladi.

“Birligimizning eng qimmatli tayançi esa umumiy tamaddun şuurimizdir. Xoja Ahmad Yassaviy hikmati, Alişer Navoiy kalomi, Nizomiy Ganjaviy irfoni, Maxtumquli Firoğiy misralari, Yunus Emroning köngil tili va Çingiz Aytmatovning qalami ayni bir buyuk tamaddunning sarhadlardan oşgan boyligini namoyon etib, uning kelajagiga nur soçuvçi timsollardir”, deydi Rajab Toyib Erdöğan.

Turkiya yetakçisining bildirişiça, umumiy turkiy alifbo borasida bildirilgan qat’iy iroda madaniy yaqinlaşuv yölidagi tarixiy qadam. Bu qadamni ta’lim, ilm-fan, naşriyot va raqamli texnologiyalar sohalaridagi hamkorlik orqali yanada ilgariga olib çiqiladi. Yoşlarning qardoş mamlakatlarda ta’lim olişi rağbatlantiladi, universitetlar va olimlar bir-biriga yaqinlaştiriladi hamda turkiy tillarning sun’iy intellekt davrida öziga munosib örin egallaşi ta’minlandai. Bilim, tajriba va imkoniyatlar birlaştirilib, turkiy dunyoning kelajagi birgalikda şakllantiriladi.

Turkiya Prezidenti Şimoliy Kipr Turk Respublikasining taşkilotdagi maqomi haqida ham söz yuritgan.

“Teran ildizlarga ega bu tamaddun zimmamizga yuklagan mas’uliyat – har qanday şaroitda ham qardoşligimizni asrab-avaylaş, bir-birimizning huquq va manfaatlarimizni himoya qilişdir. Turkiy dunyoning ajralmas qismi bölgan Kipr turk xalqi bilan hamjihatligimizni ham ana şu tuşunça asosida davom ettirmoqdamiz. Şimoliy Kipr Turk Respublikasining taşkilotimizdagi kuzatuvçi maqomi beradigan imkoniyatlarni kengaytirişga va uning qardoş mamlakatlar bilan aloqalarini mustahkamlaşiga katta ahamiyat bermoqdamiz. Kipr turklari uçrayotgan nohaq yakkalaşga barham berilişi, ularning suveren tengligi va teng xalqaro maqomi tan olinişi borasidagi qat’iy pozitsiyamizni saqlab qolamiz”, deydi Erdöğan.

Uning aytişiça, Turkiy davlatlar taşkilotining mustahkamlanişi umumiy mintaqada tinçlik va özaro işonçning yanada qaror topişiga ham xizmat qiladi. Taşkilot hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan yondaşuvi bilan mintaqaviy va global barqarorlikka hissa qöşişda davom etadi.

“Turkiy davlatlar taşkiloti oldidagi asosiy vazifa – muştarak irodamizni iqtisodiy, siyosiy, madaniy va texnologik sohalarda barqaror yutuqlarga aylantirişdir. Öz oldimizga qöygan ulkan maqsadlarimiz qardoş xalqlarimizning osoyişta hayoti, farovonligi va taraqqiyotida aniq natijalar sifatida öz ifodasini topgani sari qudratimiz yanada mustahkamlanadi.

Men, XXI asr “Turkiy dunyo asri” bölişiga butun qalbim bilan işonaman. Anqara sammiti şu maqsad yölida yangi ufqlar oçadi, taşkilotimizning xalqaro maydondagi ta’sirini kuçaytiradi va qardoş mamlakatlarimiz örtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi. Asrlar davomida qalbimizda yaşatib kelgan birlik ğoyasini boqiy işlarda röyobga çiqariş va kelgusi avlodlarga har jihatdan yanada qudratli turkiy dunyoni meros qoldiriş – bizning eng ulkan vazifamizdir”, deydi Rajab Toyib Erdöğan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing