Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Jamiyat
−
05 mart 2021
4473Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga Olgan Bekar tayinlandi. Bugun, 5 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov elchi Olgan Bekarni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, elchini mazkur tayinlov bilan tabrikladi va unga O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda muvaffaqiyatlar tiladi.
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifini tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston-Turkiya kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Mehmet Surayyo Er joriy yilning fevral oyi oxirida mamlakatdagi missiyasini yakunlagandi.
LiveBarchasi