Turkiyaning Shvetsiyani NATOga qabul qilinishidan qo‘rqishi o‘rinli – Blinken

Olam

image

Turkiya tomonidan Shvetsiyaning NATOga qo‘shilish istiqboli yuzasidan bildirilgan xavfsizlik xavotirlari o‘rinli. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtonda Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Finlyandiya ham, Shvetsiya ham Turkiyaning xavotirlarini bartaraf etish uchun zarur choralarni ko‘rgan.

“NATOdagi boshqa ittifoqchilar va Qo‘shma Shtatlar endi Shvetsiyani rasmiy ravishda NATOga qo‘shilishi kerak, deb hisoblaydi. Biz iyul oyidagi NATO sammitida shunday bo‘lishini kutamiz”, deydi Blinken.

Uning qayd etishicha, shu haftada Stokgolmni blokka qo‘shilish masalasi bo‘yicha Turkiya, Shvetsiya va NATO vakillari ishtirokida yana bir yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumki, Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilib keladi. Anqara Stokgolmdan mamlakatda siyosiy boshpana olgan terrorizmda ayblanuvchi kurd faollarini ekstraditsiya qilishni talab qiladi. Stokgolm esa Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishini ma’qullash uchun Anqaraning barcha shartlarini bajarganini va aniq shaxslarni Turkiyaga ekstraditsiya qilish masalasi faqat Shvetsiya sudi tomonidan hal qilinishi kerakligini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya Prezidentiga Shvetsiyaning NATOga kirishga tayyor ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Shvetsiya Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing