Turkiyaning xavfsizlik muammolari hal qilinishi kerak – NATO
Olam
−
17 may 2022
8030NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qilganligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Turkiyaning xavfsizlik muammolarini hal qilish zarur. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Stoltenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida Chavusho‘g‘li bilan telefon suhbati haqida yozgan. Bosh kotibning ta’kidlashicha, suhbat chog‘ida Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza berish masalasi muhokama qilingan.
Shuningdek, Yens Stoltenberg Turkiya qimmatli ittifoqchi ekanini va uning har qanday xavfsizlik masalasi hal qilinishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 16 may kuni Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishiga rozi bo‘lmasligini aytdi. Bunga ikki davlat Anqaraning terrorchilikda gumon qilinganlarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘roviga rad javobi bergani sabab qilib ko‘rsatildi.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi