Turkiyaning Kaan qiruvchisi qachon parvozga chiqishi aytildi

Texnologiya

image

Turkiyaning beshinchi avlodi Kaan qiruvchi samolyoti ilk parvozini 2023 yil 27 dekabrda amalga oshiradi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazir Yashar Guler ma’lum qildi. 

“Kaan’ning birinchi parvozi 27 dekabrga belgilangan. Rejaga ko‘ra, uning mahalliy dvigateli 2028 yilda tayyor bo‘ladi, 2032 yildan esa Kaan armiya safida xizmatga kirishishi kutilmoqda”, deydi vazir. 

Kaan qiruvchi samolyoti Turkiyada 2017 yildan beri Milliy jangovar samolyotlar dasturi doirasida yaratilgan. Uning ommaviy ishlab chiqarilishi 2028 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Turkiya rasmiylari avvalroq Kaan taktik va texnik xususiyatlari bo‘yicha Amerikaning F-35 dan ustunligini va kelajakda respublika harbiy-havo kuchlarida xizmat ko‘rsatuvchi F-16 qiruvchi samolyotlarini almashtirishini ta’kidlagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Kaan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing