Turkiyaning Kaan qiruvchi samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi (video)
Olam
−
21 fevral
7187Turkiyaning beshinchi avlod qiruvchi samolyoti Kaan ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, parvoz muvaffaqiyatli o‘tgan. Kaan’ning birinchi parvozi avvaliga o‘tgan yilning dekabr oyi oxiriga rejalashtirilgan edi, biroq u yerda ba’zi sinovlarni o‘tkazish zarurati tufayli qoldirildi.
Bugungi parvozda samolyot Anqara yaqinidagi Murted aviabazasidan havoga ko‘tarildi va qisqa sinov parvozidan so‘ng bazaga qaytdi. Hozircha ishlab chiqaruvchi yoki rasmiylar tomonidan bayonot berilmagan.
Ayni paytda turkiyalik ayrim siyosatchilar ijtimoiy tarmoqlarda uni bu muvaffaqiyati bilan tabriklamoqda. Xususan, Turk Havo Yo‘llari bosh direktori Bilol Ekshi shular jumlasidandir.
"Kaan uchdi, u uchdi" deb yozgan Ekshi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Kaan qiruvchi samolyoti Turkiyada 2017 yildan beri Turkish Aerospace Industries tomonidan Milliy jangovar samolyotlar dasturi doirasida yaratilgan. Uning ommaviy ishlab chiqarilishi 2028 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Turkiya rasmiylari avvalroq Kaan taktik va texnik xususiyatlari bo‘yicha Amerika F-35 samolyotidan o‘zib ketishini va kelajakda respublika harbiy-havo kuchlarida xizmat ko‘rsatuvchi F-16 qiruvchi samolyotlarining o‘rnini egallashini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya o‘z hududida Amerikaning General Electric korporatsiyasining F-16 qiruvchi samolyotlarida qo‘llaniladigan F110 dvigatellarini ishlab chiqarishi va Kaan jangovar samolyotlarini ular bilan jihozlashni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi