Xalqaro valyuta jamg‘armasi qashshoq mamlakatlarga yordam berishga tayyorligini aytdi
Olam
−
16 Oktabr 2020
5035Pandemiya natijasida yuzaga kelgan inqiroz global iqtisodiyotga katta ta’sir o‘tkazgani ma’lum. Global iqtisodiyot qachon tiklanishi esa so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bayonotida aytilgan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining xulosasiga ko‘ra, hozirgi vaziyatda noaniqlik mavjud.
"Inqiroz jahon iqtisodiyotida moliyaviy zaiflikning ortishi, qashshoqlik va tengsizlikning o‘sishi kabi jiddiy "jarohatlar" qoldirmoqda. Boshqa bir qator uzoq yillik muammolar ham saqlanib qolmoqda", deyilgan hujjatda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi qashshoq mamlakatlar va ulardagi aholining eng zaif qatlamiga yordam berishga tayyorligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, shu haftada Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi yillik uchrashuvlarini virtual formatda o‘tkazishi rejalashtirilgan. Bu safargi yig‘ilishda, tadbirlarning asosiy mavzusi o‘sib borayotgan qarz majburiyatlari bo‘ladi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr