Turkiyaning bosh axborot agentligi mamlakatda pandemiya xavotirli tus olayotganini e’lon qildi

Olam

image

Oxirgi 10 kunda Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq holatlar xavotirli tus olmoqda. Bemorlar sonining ortishi, o‘lim ko‘payishi, og‘ir bemorlar bilan bog‘liq raqamlarning kengayib borishi mamlakatning bosh axborot agentligi – “Anodolu” tomonidan tahlil qilindi. 

Agentlikning qayd etishicha, Turkiyada koronavirusga qarshi o‘z vaqtida amalga oshirilgan choralarga qaramasdan, oxirgi 10 kun ichida yangi va og‘ir bemorlar soni ortgan.

Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan 11 mart kunidan to 24 avgustga qadar 6 million 423 409 kishi koronavirus testini topshirgan. Ulardan 259 692 kishida koronavirus borligi aniqlangan. Bu koronavirus testini topshirgan qariyb 6,5 million kishining 4 foizi degani

O‘tgan vaqt oralig‘ida mamlakatda 6 139 nafar bemor yoki umumiy bemorlarning 2,36 foizi vafot etdi. 237 908 kishi yoki bemorlarning 91,61 foizi esa kasallikni ortda qoldirdi. 

Mamlakatda ilk bor koronavirus testi necha kishida o‘tkazilayotganiga oid ma’lumotlar 19 mart kuni ochiqlangan edi. Shu kuni 1981 kishi test topshirgan bo‘lsa, birgina 24 avgust kuni 95 943 koronavirus testini topshirdi. Eng ko‘p test o‘tkazilgan kun deb qayd etilgan 24 avgustda test topshirganlarning 1,5 foizida koronavirus aniqlangan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar qilishlaricha, oxirgi 10 kun ichida koronavirus aniqlanishi bo‘yicha holatlar va og‘ir bemorlar soni ortgan. 

Umumiy bemorlar, sog‘ayganlar, vafot etganlarni hisobga olmaganda, oxirgi 10 kunda koronavirus bemorlari soni 3 455 nafarga ortgan. 15 avgustda bemorlar 12 190 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 24 avgustga kelib bu raqamlar 15 645 ga yetgan. 

Vazirlik tomonidan taqdim etilgan kunlik ma’lumotlari jadvalida qayd etilishicha, "jiddiy kasal" deb ta’riflanganlar – nafas olish moslamasiga ulanganlar va reanimatsiya bo‘limida davolanayotgan bemorlar ko‘paymoqda. 

15 avgust kuni og‘ir bemorlar 688 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 24 avgust kuni ular soni 128 kishiga ortib, 796 nafarga yetgan. Xuddi shu davrda 205 kishi koronavirusdan vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing