Turkiyalik taniqli oshpaz CZN Burak otasini sudga berdi

Olam

image

Pul jigardan bo‘lgan deyishadi. U zamonamizda otani boladan, akani ukadan ayiryapti. Turkiyalik taniqli oshpaz va internet fenomeni, CZN Burak nomi bilan tanilgan Burak O‘zdemir o‘z otasini firibgarlikda ayblab, sudga berdi. Otasi bilan barcha munosabatlarni uzgan Burak garajidagi avtomobillarini sotish orqali pul to‘plab, o‘z restoranini ochishga qaror qildi. 

Burakning ma’lum qilishicha, joriy yilning fevral oyida Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzilalar hududida boshpanasidan ayrilgan odamlarga ko‘rsatayotgan yordamlari ortidan otasi bilan munosabatlariga darz ketgan. Otasi Burakning yordamlariga taqiq qo‘ymoqchi bo‘lgan. Ota-o‘g‘il o‘rtasida chiqqan kelishmovchilik ortidan otasi bilan restoran biznesidagi hamkorlikni to‘xtatmoqchi bo‘lgan Burak, Istanbulning Etilar tumanidagi restoranining barcha huquqlari xorijlik tadbirkorga 41 million AQSH dollariga otasi tomonidan sotib yuborilganini bilib qoldi va uni sudga berdi. Ushbu da’vo bo‘yicha birinchi sud majlisi joriy yilning sentyabr oyida Chag‘layan tumani sudida bo‘lib o‘tadi. 

Bu orada esa Burak ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbul shahrida joylashgan CZN Burak nomli  restoranlarning barchasidagi faoliyatini to‘xtatganini bildirdi va ushbu restoranlardan o‘z nomi va suratlari olib tashlanishini talab qildi.

Uning ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishicha, hozirda Istanbuldagi “Vadistanbul Mall” savdo-ko‘ngilochar markazida CZN Burak restorani ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda va bu restoran uning o‘ziga tegishli bo‘ladi. Istanbulda boshqa filiali yo‘qligini alohida urg‘ulagan Burak O‘zdemir, Dubay, Doha va Dushanbedagi restoranlar o‘z tasarrufida qolayotganini bildirgan. 

Albatta, Burakning ayblovlariga otasi Ismoil O‘zdemir ham jim turmadi. 

“Zilzila bo‘lgan hududda yordamlarni doim reklama uchun qildi, chin yurakdan qilmagan. Onasiga o‘xshabdi, otasiga dushman bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini ham men yaratdim, 2 yil oldin Burak degan nom yo‘q edi”, deydi Ismoil O‘zdemir.

Mazkur voqealarga nisbatan Burak O‘zdemir jurnalistlar savollariga javob berishdan bosh tortgan. 


Maqola muallifi

Teglar

CZN Burak Burak O'zdemir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing