Turkiyalik sheriklarimiz bilan doim hamfikr bo‘lolmaymiz – Putin

Olam

image
6 mart soat 00:01 dan Idlibda o‘t ochish to‘xtatiladi – Erdo‘g‘an north_east

6 mart soat 00:01 dan Idlibda o‘t ochish to‘xtatiladi – Erdo‘g‘an

Avvalroq, Rossiya va Turkiya suriyaning Idlib viloyatida vaziyatni barqarorlashtirish uchun kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokaradan so‘ng Suriyadagi vaziyat masalasida Turkiya bilan doim ham hamfikr bo‘la olmasligini bildirdi.

“Biz Suriyada yuz berayotgan voqealarni baholashda turkiyalik sheriklarimiz bilan doim hamfikr bo‘lolmaymiz. Ammo har safar ahvol keskinlashganda erishilgan yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalar sababli mavjud qarama-qarshilikka muqobil yechim topa olamiz”, degan Putin muzokaralar yakunida.

Shuningdek, Putin rasmiy Anqara bilan munosabatlarni qadrlashini aytib o‘tgan hamda Erdo‘g‘anga Moskvaga kelgani uchun minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an Idlib

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing