Turkiyalik mutaxassis Uzbekistan Airways raisiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Turkiyalik mutaxassis Orxan Sivrikaya Uzbekistan Airways boshqaruv raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalidagi ma’lumotlarda ko‘rsatilgan.

Uzbekistan Airways AJning boshqaruv raisi v.b. Baxtiyor Hakimov o‘rnatilgan tartibda Orxan Sivrikaya bilan mehnat shartnomasi imzolanishini ta’minlashi belgilab qo‘yilgan.

Orxan Sivrikaya Bosfor universitetini tamomlagan. Turkiya, Yevropa va Shimoliy Amerikada turli lavozimda faoliyat yuritgan. Jumladan, Turkish Airlines vitse-prezidenti bo‘lgan.

2017 yilning noyabr oyida “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. Aviakompaniyani rivojlantirish strategiyasi, jadvallarni optimallashtirish, samolyotlar parkini rejalashtirish, marketing va boshqalarni ishlab chiqishda ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways Orxan Sivrikaya

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing