“Turkiyalik Messi”ning “Real”dagi debyuti kechikadigan bo‘ldi

Sport

image

“Real Madrid” klubining turkiyalik a’zosi Arda Guler yana jarohat oldi. Bu haqda AS xabar berdi.

Yozda “Fenerbaxche”dan bonuslarni hisobga olmaganda 20 millionga sotib olingan 18 yoshli turkiyalik yarim himoyachi hamon “Real”da debyut qilmadi. Shunday qilib futbolchi 11 noyabr kuni La Liganing 13-turidan o‘rin olgan “Valensiya” bilan o‘yinda ham maydonga tushmaydigan bo‘ldi.

Guler so‘nggi ikki o‘yinda Madrid jamoasi tarkibida bo‘ldi, lekin maydonga tushirilmadi. “Valensiya” bilan o‘yin arafasida u zalda mashg‘ulot o‘tkazdi.

“Braga” bilan o‘yin oldidan u o‘zini yomon his qildi. Hech qanday jiddiy muammo yo‘q, lekin Gulerni nimadir bezovta qilmoqda. Futbolchi hozir biroz tushkun holatda, chunki u o‘ynashni xohlaydi. Bu orqaga tashlangan kichik qadam. Gulerda eski jarohat qaytalanmadi. Unda xalqaro tanaffus vaqtida yaxshilab tiklanish uchun vaqt bor”, deydi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.

Bundan tashqari, “qaymoqranglilar” Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi “Braga”ga (3:0) qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarda darvozabon Kepa Arrizabalaga jarohat olganini tasdiqladi. Kepa 3 haftadan so‘ng safga qaytishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Fenerbaxche Real Madrid Braga Arda Guler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing