Turkiyalik mashhur xonanda balkondan yiqilib vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 26 sentyabrga o‘tar kechasi Gullu taxallusi bilan tanilgan turkiyalik mashhur xonanda Gul Tut uyining balkonidan tushib ketib, 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda Yalova viloyati, Chinarjik tumani, Harmanlar mahallasidagi ko‘p qavatli uyning 5-qavatidagi xonadon balkonida qizi va uning dugonasi bilan musiqa chalayotgan paytida u yerdan tushib ketgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning o‘z joniga qasd qilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq qo‘shiqchining o‘g‘li Tug‘berk Gulter buni rad etib, onasi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganini ma’lum qildi.

“Bu xabarni qayg‘u bilan e’lon qilyapman. Bugun tunda fojiali baxtsiz hodisada onam, hurmatli san’atkor Gulluni yo‘qotdik. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘z joniga qasd qilish haqidagi mish-mishlar yolg‘on”, deydi xonandaning o‘g‘li.

Chinarjik tumani politsiya bo‘limi hodisa yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Gul Tut 1973 yil 15 oktyabrda Turkiyaning Beyog‘lu shahrida tug‘ilgan. Gullu ko‘plab muvaffaqiyatli qo‘shiqlar, jumladan, “Everything I have Been”, “Sun Before Morning”, “Bendeki Sen” va “Unutamazın Beni” kabilar muallifi hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur opera xonandasi, Alisher Navoiy nomidagi savlat akademik katta teatri solisti Yanika Bagryanskaya Turkiya klinikalaridan birida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya xonanda Gullu Gul Tut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing