Turkiyalik futbolchi Ronalduning futbolkasini sotib, tushgan mablag‘ni xayriya qilmoqchi

Sport

image

“Atalanta” klubining turkiyalik futbolchisi Merih Demiral Krishtianu Ronalduning futbolkasini auksionga qo‘yadi. Futbolka sotuvidan tushgan mablag‘ zilzila jabrlanuvchilariga xayriya qilinadi. Bu haqda Demiral o‘z Twitter sahifasida xabar berdi.

“Men Krishtianu bilan gaplashdim. U Turkiyada sodir bo‘lgan voqeadan juda xafa ekanligini aytdi. Kolleksiyamdagi Ronaldu imzosi tushirilgan futbolkani kimoshdi savdosiga qo‘yamiz. Undan tushgan barcha mablag‘ xayriya qilinadi va zilzila sodir bo‘lgan hududda ishlatiladi”, deydi Demiral.

Qayd etilishicha, Ronalduning futbolkasi Turindagi auksionda sotiladi.

Ma’lumot uchun, Demiral va Ronaldu 2019-2021 yillarda “Yuventus”da birga to‘p tepgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Demiral

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing