Turkiyalik huquq faoli 238 kunlik ochlikdan keyin vafot etdi

Olam

image

Joriy yilning 27 avgust kuni turkiyalik huquq himoyachisi Ebru Timtik 42 yoshida vafot etdi. U 238 kun avval Istanbulning Silivri qamoqxonasida o‘z ishi bo‘yicha adolatli sudlovni talab qilib, ochlik e’lon qilgandi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Ebru Timtik terrorchilik guruhi tuzish va boshqarish ayblovi bila qamalgandi. Uni 2018 yil sentyabrda qo‘lga olishgandi. Keyinroq u 13,5 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. Bu ish doirasida Turkiyada faoliyati taqiqlangan Inqilobiy xalq ozodlik fronti partiyasiga aloqadorlikda ayblangan jami 18 nafari huquqshunos turli muddatlarga qamalgandi.

Advokat Naim Eminog‘luning AFP`ga ma’lum qilishicha, Timtik turli vaziyatdagi insonlarni himoya qilgan. Masalan, 301 kishi halok bo‘lgan Somdagi shaxta portlashi shular jumlasidan.

2020 yil fevralda Ebru Timtik va uning hamkasbi Aytaj Unsal ochlik e’lon qilgandi. Iyunda ularni shifoxonaga o‘tkazishgandi. 14 avgust kuni kassatsiya sudi uning hukmga bildirgan e’tirozini bekor qildi. Ebru Timtikning vazni o‘limidan oldin 30 kilogramga tushib qolgan.

Ebru Timtikning janozasi 28 avgust kuni o‘tkazilgan. U Istanbul shimolidagi qabristonga dafn etilgan. Politsiya u advokat bilan vidolashishga kelgan yuzlab odamlarni tarqatib yuborgan.

Yevropa Kengashining inson huquqlari bo‘yicha komissari Dunya Miyatovich Ebru Timtik vafotidan chuqur qayg‘uda ekanini ma’lum qildi.

“Uning o‘limi advokat, jurnalist huquq himoyachilarini jim qilish uchun ishlatilgan sud tizimining qayg‘uli oqibatlarini namoyish etadi”, degan Miyatovich.

Yevropa Ittifoqi mamlakatda inson huquqlari buzilgani uchun Turkiya Hukumatini tanqid qildi. Yevropa tashqi siyosat xizmati Timtik Turkiyada joriy yilda ochlik e’lon qilib, vafot etgan to‘rtinchi mahkum bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ebru Timtik

Baholaganlar

376

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing