Turkiyaga tashrif buyuruvchi sayyohlarga yengillik berilishi kutilmoqda
Olam
−
01 mart 2021
3852Joriy yilning 26 mayidan boshlab Turkiya sayyohlardan mamlakatga kirishda PZR testlarini talab qilmaydi.
Xabarga ko‘ra, bu ma’lumot Rossiya aviakompaniyalariga Turkiya fuqaro aviatsiyasi ma’muriyatidan kelgan.
Shuningdek, joriy yilning 1 aprelidan boshlab sayyohlarga Turkiyaga kirish uchun testlar kerak bo‘lmasligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda PZR testlar sayohat qilishdan maksimal 72 soat oldin topshirilgan bo‘lishi kerak.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa ushbu talabdan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, "britancha" koronavirus tarqalishni boshlagandan so‘ng, Turkiya o‘tgan yilning 30 dekabridan boshlab PZR testlarni talab qila boshlagan.
Avvalroq, Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda joriy yilning mart oyidan boshlab koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan bog‘liq cheklov choralarini bosqichma-bosqich yumshatish boshlanishi haqida gapirgandi.
LiveBarchasi