Turkiyaga Suriya hududidan raketa zarbalari berildi
Olam
−
19 mart 2021 14825 1 daqiqa
Turkiyaning Kilis viloyati Suriya tomondan raketa hujumiga uchradi. Bu haqa Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Suriyadan uchiilgan raketalar Kilisdagi bo‘sh hududga tushdi. Jabrlanuvchilar yo‘q, hech qanday zarar yetkazilmagan”, deyiladi harbiy idora xabarida.
Turkiya harbiylari zudlik bilan raketa uchirilgan joylarga o‘t ochishgan. Shuningdek, Rossiya Suriya tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirilgan.
CNN Turk xabariga ko‘ra, Kilisga Suriya shimoli-g‘arbidagi Tel-Rifat shahridan uchirilgan ikkita raketa tushgan. Raketalar bo‘sh maydonga tushib, portlamay qolgan. Hodisa joyiga harbiylar, politsiya va mintaqa gubernatori ham kelgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025